2024. SPORTMIX. Barcha huquq himoya qilingan
Sir saqlash siyosati
Sir saqlash siyosati

1. УМУМИЙ ҚОИДАЛАР

Shaxsiy ma'lumotni ishlash siyosati (bundan keyingi o'rinlarda Siyosat, deyiladi) O'zbekiston Respublikasining  02.07.2019 yildagi O'ZQ-547 sonli "Shaxsiy ma'lumot to'g'risida"gi Qonuniga (bundan keyingi o'rinlarda Qonun, deyiladi) muvofiq ishlab chiqilgan.

Ishbu Siysat shaxsiy ma'lumotni ishlash tartibi va shaxsiy ma'lumot xavfsizligini ta'minlash choralarini belgilab beradi. "" MCHJ (Guvohnomasi, STIR, pochta manzili:, ""Filiali abonent qutisi) shaxsiy ma'lumot ishlanganda inson va fuqaro huquq va erkinliklarini himoya qilish, shu jumladan uning shaxsiy hayoti, shaxsiy va oilaviy siri daxlsiz bo'lishi huquqini himoya qilish maqsadida.

Siyosatda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llanadi:

shaxsiy ma'lumotni avtomatik ishlash – shaxsiy ma'lumotni hisoblash texnika vositasi bilan ishlash;

shaxsiy ma'lumotni yopib qo'yish – shaxsiy ma'lumot ishlanishini vaqtincha to'xtatib turish (ishlash shaxsiy ma'lumotni aniqlash uchun kerak bo'ladigan hollar bu qoidadan istisno qilinadi);

shaxsiy ma'lumot axborot tizimi – ma'lumot onboridagi umumiy shaxsiy ma'lumot va uni ishlaydigan axborot texnologiyalari va texnik vositalar;

shaxsiy ma'lumotni shaxsizlantirish – qo'shimcha ma'lumotdan foydalanmay shaxsiy ma'lumot aniq qaysi bir shaxsiy ma'lumot subyektiga tegishli ekanini bilishga imkon bermaydigan harakat natijasi;

shaxsiy ma’lumotni ishlash – avtomatlashgan vositalardan foydalanib yoki bunday vositalarsiz shaxsiy ma’lumot bilan bajariladigan har qanday harakat (operatsiya) yoki harakatlar birligi (operatsiyalar), shu jumladan, shaxsiy ma’lumotni yig’ish, yozib olish, tartibga solish, to’plash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o’zgartirish), chiqarib olish, undan foydalanish, uzatish (tarqatish, topshirish, ochib qo’yish), shaxssizlantirish, yopib qo’yish, olib tashlash, yo’q qilish;

operator – o'zi mustaqil yoki boshqa shaxslar bilan birga shaxisy ma'lumot ishlaninishini tashkil etadigan va (yoki) bajaradigan, shuningdek, shaxsiy ma'lumot ishlanishidan maqsadni, ishlanadigan shaxsiy ma'lumot tarkibini, shaxsiy ma'lumot bilan bajariladigan harakatni (operatsiyani) belgilaydigan huquqiy shaxs

shaxsiy ma'lumot – bevosita yoki bilvosita aniq bir yoki aniqlanadigan bir jismoniy shaxsga (shaxsiy ma'lumot subyektiga) tegishli bo'lgan ma'lumot;

shaxsiy ma'lumotni berish – shaxsiy ma'lumotni ma'lum bir shaxsga yoki ma'lum bir shaxslar davrasiga ochishga qaratilgan harakat;

shaxsiy ma’lumotni tarqatish – shaxsiy ma’lumotni noaniq shaxslar davrasiga (shaxsiy ma’lumotni uzatishga) yoki shaxsiy ma’lumotni tanishish uchun cheklanmagan shaxslar davrasiga ochishga qaratilgan harakat, shu jumladan saxsiy ma’lumotni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish, axborot-telekommunikatsiya vositalariga joylash yoki boshqa bir usul bilan shaxsiy ma’lumotni tanishish uchun ochib qo’yish.

shaxsiy ma'lumotni chegaradan tashqariga jo'natish – shaxsiy ma'lumotni chet davlat hududiga jo'natish, chet el davlat organiga, chet el jismoniy shaxsiga yoki chet el huquqiy shaxsiga topshirish.

shaxsiy ma'lumotni yoq' qilish – shaxsiy ma'lumot saqlanadigan axborot tizimidagi shaxsiy ma'lumotni tiklashning imkoni bo'lmaydigan qilib o'chirish va (yoki) shaxsiy ma'lumot saqlanadigan moddiy vositani yo'q qilish.

 

2. SHAXSIY MA'LUMOTNI ISHLASH QOIDALARI, ISHLASHDAN MAQSAD, UNING MAZMUNI VA ISHLASH SHARTLARI

2.1. Shaxsiy ma'lumotni ishlash qoidalari

Operator quyidagi qoidalarga asoslanib shaxsiy ma'lumotni ishlaydi:

- qonundan chiqmaslik va adolatga asoslanish;

- shaxsiy  ma'lumotni faqat oldindan belgilab qo'yilgan aniq bitta va qonuniy maqsad bilan ishlash;

- shaxsiy ma'lumot shaxsiy ma'lumot yig'ilgan maqsaddan boshqa maqsad bilan ishlanishiga yo'l qo'ymaslik;

- ishlanishidan maqsadi bir-biriga tog'ri kelmaydigan har xil shaxsiy ma'lumotni qo'shib ishlash;

- faqat ishlanishidan maqsadi tog'ri keladigan shaxsiy ma'lumotni ishlash;

- ishlanadigan shaxsiy ma'lumotning mazmuni va hajmi belgilab qo'yilgan ishlanish maqsadiga mos bo'lishini ta'minlash;

- shaxsiy ma'lumotning ishlanishi belgilab qo'yilgan ishlanish maqsadidan oshib ketishiga yo'l qo'ymaslik;

- shaxsiy ma'lumotning ishlanishi uni ishlash maqsadiga muvofiq, aniq, yetarli va dolzarb bo'lishi kerak;

- ishlashdan ko'zda tutilgan maqsadga erishilgandan so'ng yoki bunday maqsadga erishishga ehtiyoj qolmagan bo'lsa, Operator shaxsiy ma'lumotda yo'l qo'ygan xatoni tuzatishning imkoni bo'lmasa, agar Qonun bilan boshqa tartib ko'zda tutilmagan bo'lsa, shaxsiy ma'lumot yo'q qilinadi yoki shaxssizlantiriladi.

2.2. Shaxsiy ma'lumot quyidagi maqsad bilan yig'iladi va ishlanadi:

- Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumoti unga Operatorning takliflarini jo'natish, Operatorning xizmati haqida ma'lumot va reklama berib turish uchun ishlatiladi va buning uchun Foydalanuvchining manziliga pochtadan xat jo'natiladi, SMS xabar yuboriladi, telefon qilinadi, elektron pochtasiga xat yoziladi;

- Foydalanuvchi bilan "" MCHJ o'rtasida tuzilgan shartnomani bajarish uchun Foydalanuvchiga SMS xabar jo'natilib va elektron pochtasiga xat yozilib hamda Foydalanuvchining raqamiga telefon qilinib unga zarur ma'lumot berib turiladi.

- turli ma'lumot onborlari va axborot tizimlarida olingan ma'lumotni saqlaydi va ishlaydi, uni tahliliy va statistik hisobot tuzishga ishlatadi:

- Asarlar (ilmiy maqolalar) chop etiladigan platformada ishlatadi: 

- platformaga joylangan Taklif shartlarini bajarish uchun boshqa maqsadda foydalanadi:

2.3. Shaxsiy ma'lumotni ishlash shartlari

Quyida aytilgan shartlarning kamida bittasi bo'lganda Operator shaxsiy ma'lumotni ishlaydi:

- shaxsiy ma'lumot shaxsiy ma'lumot subyekti o'zi haqidagi shaxsiy ma'lumotni ishlashga rozilik berganidan keyingina ishlanadi;

- shaxsiy ma'lumot O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida yoki Qonunda aytilgan maqsadga erishish uchun hamda O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi Operator zimmasiga yuklagan vazifa, vakolat va majburiyatni bararish maqsadida ishlanadi;

- shaxsiy ma'lumot O'zbekiston Rezpublikasining ijro ish yurituvi haqidagi qonunchiligiga muvofiq adolatni yuzaga chiqarish, sud qarori, boshqa organ yoki mansabdor shaxsning qarorini bajarish maqsadida ishlanadi;

- shaxsiy ma’lumot shaxsiy ma’lumot subyekti foyda oluvchi yoki kafil sifatida bir tomon bo’lgan shartnomani bajarish uchun zarur bo’lganda, shuningdek, shaxsiy ma’lumot subyektining tashabbusi bilan shartnoma tuzish uchun yoki shaxsiy ma’lumot subyekti foyda oluvchi yoki kafil bo’ladigan shartnoma tuzish maqsadida ishlanishi talab qilinsa;

- shaxsiy ma'lumot ishlanishi Operator yoki uchinchi shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini ado etish uchun zarur bo'lsa yoki jamiyat uchun ahamiyatli bo'lgan maqsadga erishishni ko'zda tutadigan bo'lsa, biroq bunda shaxsiy ma'lumot subyektining huquq va erkinligi buzilmasligi talab qilinadi;

- shaxsiy ma'lumot subyektining o'zi yoki uning talabiga muvofiq cheklanmagan miqdordagi insonlar uchun ochib qo'yilgan shaxsiy ma'lumot ishlanayotgan bo'lsa (bundan keyingi o'rinlarda "ko'pchilikka ochib qo'yilgan shaxsiy ma'lumot" deyiladi);

- Qonunga ko'ra ochilishi yoki chop etilish shart bo'lgan shaxsiy malumot ishlanayotgan bo'lsa.

2.4. Shaxsiy ma'lumotni sir saqlash

Agar Qonunda, shaxsiy ma'lumot ishlanishiga berilgan rozilikda yoki "" MCHJ bilan shaxsiy ma'lumot subyekti o'rtasida tuzilgan Shartnomada (Taklifda) boshqacha aytilmagan bo'lsa Operator va shaxsiy ma'lumot ishlash uchun ochib qo'yilgan boshqa shaxslar shaxsiy ma'lumot subyektining o'zi bergan roziliksiz uni uchinchi shaxslarga ochishmaydi va tarqatishmaydi.

2.5. Ko'pchilikka ochib qo'yilgan shaxsiy ma'lumot manbalari

Ma'lumot bilan ta'minlash maqsadida Operator subyektlar haqida ko'pchilikka ochib qo'yiladigan shaxsiy ma'lumot manbalarini yaratishi, shu jumladan, spravochniklar tuzishi mumkin. Xususan, Operator subyekt haqidagi shaxsiy ma'lumotni platformada Asarlar (ilmiy maqolalar) chop etganda ishlatishi mumkin:

Shaxsiy ma'lumot subyektining yozma roziligi bilan ko'pchilikka ochib qo'yiladigan shaxsiy ma'lumot manbalarida quyidagilar bo'lishi mumkin: ismi, familiyasi, otasining ismi, ilmiy unvoni va ilmiy darajasi haqidagi ma'lumot; ish joyi va egallagan lavozimi to'g'risidagi ma'lumot, shuningdek, shaxsiy ma'lumot subyektining o'zi bergan boshqa ma'lumot (Operator bilan subyekt o'rtasida tuzilgan shartnoma munosabatlarini bajarish uchun zarur bo'lganda).

Subyektning o'zi shuni talab qilganda yoki sud qaror chiqarsa yoki boshqa bir vakolatli davlat organining qarori bilan subyekt haqidagi ma'lumot ko'pchilikka ochib qo'yilgan shaxsiy ma'lumot manbasidan olib tashlanishi mumkin.

2.6. Alohida toifaga kiradigan shaxsiy ma'lumot

Operator alohida toifaga kiradigan, ya'ni, insonning irqi, millati, siyosiy qarashlari, dini yoki falsafiy qarashi, sog'lig'i, jinsiy hayoti haqidagi shaxsiy ma'lumotni quyidagi hollardagina ishlashi mumkin:

- shaxsiy ma'lumot subyekti o'zi haqidagi shaxsiy ma'lumot ishlanishiga yozma rozilik bergan bo'lsa;

- shaxsiy ma'lumot subyektining o'zi shaxsiy ma'lumotini ko'pchilikka ochib qo'ygan bo'lsa;

- shaxsiy ma'lumot O'zbekiston Respublikasining davlat ijtimoiy ta'minoti, mehnat qonunchiligi, pensiya qonunchiligi,  davlat pensiyasi bilan ta'minlash va mehnat pensiyasi haqidagi qonunchiligiga muvofiq ishlanayotgan bo'lsa;

- shaxsiy ma'lumotni ishlash shaxsiy ma'lumot subyektining hayotini, sog'lig'ini yoki hayot uchun nihoyatda muhim bo'lgan boshqa manfaatini himoya qilish yoki boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i yoki hayot uchun nihoyatda muhim bo'lgan boshqa manfaatlarini himoya qilish uchun zarur bo'lsa va buning uchun shaxsiy ma'lumot subyekti roziligini olishning imkoni bo'lmasa;

- shaxsiy ma'lumot tibbiy-profilaktika maqsadi bilan tibbiy diagnoz qo'yish, tibbiy yordam berish va ijtimoiy tibbiy yordam ko'rsatish maqsadida ishlanayotgan bo'lsa, biroq bitta sharti - shaxsiy ma'lumotni kasbi tibbiy faoliyat bilan shug'ullanish bo'lgan va O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga ko'ra shifokor sirini saqlashi shart bo'lgan shaxs ishlayotgan bo'lsa; 

- shaxsiy ma'lumotni ishlash shaxsiy ma'lumot subyekti huquqini, shuningdek, uchinchi shaxslarning huquqini aniqlash va shu huquqqa rioya etish hamda adolatni yuzaga chiqarish uchun ishlanadigan bo'lsa;

- shaxsiy ma'lumot sug'urta qonunchiligiga ko'ra majburiy sug'urtalash uchun ishlanayotgan bo'lsa.

Agar Qonunda boshqa tartib belgilanmagan bo'lsa shaxsiy ma'lumot ishlanishining sababi bartaraf etilganidan so'ng alohida toifadagi shaxsiy ma'lumotni ishlash ham zudlik bilan to'xtashi kerak.

Inson sudlangani haqidagi shaxsiy ma'lumotni Operator faqat qonunchilik belgilagan hollarda va qonunchilik belgilab qo'ygan tartib bilan ishlashi mumkin.

2.7. Biometrik shaxsiy ma'lumot

Insonning fiziologik va biologik xususiyatini ko'rsatadigan hamda shunga qarab inson kimligini bilish mumkin bo'lgan ma'lumotni - biometrik shaxsiy ma'lumotni - Operator faqat subyektning yozma roziligi bo'lganda, shu jumladan, elektron hujjat ko'rinishidagi yozma roziligi bo'lganda ishlashi mumkin.

2.8. Shaxsiy ma'lumot ishlanishini boshqa shaxsga topshirish

Agar Qonunda boshqa tartib belgilanmagan bo'lsa Operator shaxsiy ma'lumot subyektining roziligi bilan shaxsiy ma'lumot ishlanishini shu masalada shartnoma tuzilgan boshqa shaxsga topshirishi mumkin. Operatorning topshirig'i bilan shaxsiy ma'lumotni ishlaydigan shaxs Qonun belgilab qo'ygan shaxsiy ma'lumotni ishlash tartibi va qoidalariga amal qilishi kerak.

2.9. Saxsiy ma'lumotni chegaradan tashqariga jo'natish

Shaxsiy ma'lumot chegaradan tashqariga jo'natilishidan oldin Operator shaxsiy ma'lumot  hududiga jo'natiladigan va ishlanadigan chet davlatda shaxsiy ma'lumot subyektining huquqi to'liq  himoya qilinishini bilishi zarur.

Shaxsiy ma'lumot subyektining huquqi lozim darajada ta'minlanmaydigan chet davlatga shaxsiy ma'lumotni jo'natish faqat quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:

- shaxsiy ma'lumot subyekti o'zi haqidagi shaxsiy ma'lumot chegaradan tashqariga jo'natilishiga yozma rozilik bergan, shu jumladan, elektron hujjat ko'rinishida yozma rozilik bergan bo'lsa;

- bitta tomon shaxsiy ma'lumot subyekti bo'lgan shartnomani bajarish uchun shunday qilish lozim bo'lsa.

- Qonun belgilab qo'ygan boshqa hollarda.

3. SHAXSIY MA'LUMOT SUBYEKTINING HUQUQLARI

3.1. Shaxsiy ma'lumot subyektining o'zi haqidagi shaxsiy ma'lumot ishlanishiga rozilik berishi.

Shaxsiy ma'lumot subyekti o'zi haqidagi ma'lumot topshirilishiga qaror qiladi va o'z erki, irodasi bilan hamda o'z manfaatini o'ylab bu ma'lumot ishlanishiga ham rozi bo'ladi. Agar Qonunda boshqa tartib belgilanmagan bo'lsa shaxsiy ma'lumot subyektining shaxsiy ma'lumot ishlanishiga roziligi uning o'zidan yoki vakilidan, rozilik berilganini tasdiqlaydigan ko'rinishda olinadi.

Shaxsiy ma'lumot subyekti o'zi haqidagi shaxsiy ma'lumot ishlanishiga rozilik berganini yoki Qonunda bunga asos borligini tasdiqlash majburiyati Operator zimmasiga yuklanadi.

3.2. Shaxsiy ma'lumot subyektining huquqlari

Agar qonunchilik bilan bunday huquq cheklab qo'yilmagan bo'lsa shaxsiy ma'lumot subyektining Operatordan o'zi haqidagi ma'lumot ishlanishiga tegishli ma'lumot olishga haqqi bo'ladi. Agar shaxsiy ma'lumot to'liq bo'lmasa, eskirgan bo'lsa, aniq bo'lmasa, noqonuniy olingan bo'lsa yoki ishlashdan maqsaq qilib ko'rsatilgan maqsad uchun zarur bo'lmasa shaxsiy ma'lumot subyektining Operatordan o'zi haqidagi shaxsiy ma'lumotni aniqlashtirish, yopib qo'yish yoki yo'q qilishni talab etishga hamda Qonun bilan ko'zda tutilgan boshqa choralarni ko'rishga haqqi bo'ladi.

Bozorda tovar, ish va xizmat turlarini o'tkazish maqsadida aloqa vositalari bilan bevosita bog'lanib mijoz bo'lishi mumkin insonlar bilan muloqot qilish uchun shaxsiy ma'lumotni ishlashga faqat shaxsiy ma'lumot subyekti rozilik bergan bo'lsa ruxsat etiladi. Agar Operator rozilik olinganini tasdiqlay olmasa yuqorida aytilgan shaxsiy ma'lumot shaxsiy ma'lumot subyektining roziligisiz ishlangan, deb tan olinadi.

Bunday holda Operator shaxsiy ma'lumot subyektining talabi bilan u haqdagi shaxsiy ma'lumot bunday maqsadda ishlanishini zudlik bilan to'xtatishi shart bo'ladi.

Qonunchilik belgilab qo'ygan hamda shaxsiy ma'lumot subyektining yozma roziligi olingan hollarni istisno etganda to'laligicha avtomatlashgan tizimda ishlangan shaxsiy ma'lumotga asoslanib shaxsiy ma'lumot subyekti uchun huquqiy oqibat hosil qiladigan yoki boshqa bir usul bilan uning qonuniy huquqi va manfaatlariga ta'sir qiladigan qaror qabul qilish ta'qiqlanadi.

Agar shaxsiy ma’lumot subyekti Operator u haqdagi shaxsiy ma’lumotni Qonun talablarini buzib ishlayapti yoki boshqa bir usul bilan uning huquq va erkinliklarini buzayapti deb hisoblasa shaxsiy ma’lumot subyekti Operatorning harakati yoki harakatsizligi ustidan shaxsiy ma’lumot subyektlarining huquq va erkinliklarini himoya qiladigan vakolatli organga shikoyat qilishi yoki topshirgan e’tirozi 30 kun ichida hal qilinmasa masalani sudga topshirishga haqli bo’ladi.

 

4. SHAXSIY MA'LUMOT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH

Ishlanayotgan shaxsiy ma'lumot xavfsizligini ta'minlash Operator shaxsiy ma'lumot himoya qilinishi borasidagi qonunchilik talablari bajarilishini ta'minlash uchun zarur bo'ladigan barcha qonuniy, tashkiliy va texnik choralarni ko'rish majburiyatini oladi.

Shaxsiy ma'lumot ruxsatsiz ko'rilishi oldini olish uchun Operator quyidagi tashkiliy va texnik choralarni ko'radi:

- shaxsiy ma'lumot ishlanishi va himoya qilinishi uchun javob beradigan xodimlarni tayinlaydi;

- shaxsiy ma'lumotni ko'rishi mumkin bo'lgan shaxslar sonini cheklab qo'yadi;

- axborot saqlanadigan vositalar hisobga olinishi, saqlanishi va ishlatilishini tashkil etadi;

- axborotni himoya qiladigan vositalar tayyorligi va samarali ishlayotganini tekshirib turadi;

- virusga qarshi vositalar va shaxsiy ma'lumotni himoya qiladigan tizimni tiklaydigan vositalardan foydalanadi.

 

5. YAKUNIY QOIDALAR

Operatorning shaxsiy ma'lumot operatori sifatidagi boshqa huquq ba majburiyatlari O'zbekiston Respublikasining shaxsiy ma'lumot sohasidagi qonunchiligi bilan belgilab qo'yiladi.